Charx avzoyi bu dam avvalgilarga o`xshamas,
Ko`nglum ichra dardu g`am avvalgilarga o`xshamas,
Kotibu davru raqam avvalgilarga o`xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarga o`xshamas,
Kim ul oyning hajri ham avvalgilarga o`xshamas.
Har kishikim bir ulug` ishga etibdir jon nisor,
Shiddati pastu baland kelganda ham bo`lmaydi or,
Ey falak, hech kimni etma besamar yo`llarda xor,
Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o`zga yor,
Ne sitamkim, bu alam avvalgilarga o`xshamas.
Ona Sharq tojin kiyur, zulmatda ushlatmang meni,
Bodayi haq mastiman, yolg`onga uyg`atmang meni,
O`z xayolimga qo`ying, o`zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o`xshatmang meni,
Kim bu rasvoyi dajam, avvalgilarga o