Oxirgi xabarlarga ko'ra "Myu" bosh murabbiyi Lui vangal o'z vazifasida qolishi mumkin. Ushbu she'rni yozgan fanatdoshimiz Akmal Musayevga tashakkur izhor etib qolamiz. Avvallari hujumlaring bisyor edi, Qanotlaring yashindan ham tezkor edi, Murabbiy ham dono edi, ayyor edi, Bugun senga nima bo'ldi Manchesterim? Chempionlik ko'klardagi qushga o'xshar, To'qsondan so'ng gol urishlar tushga o'xshar, Bir bor yutib to'rt o'yinda yutqazishlar, Bugun senga nima bo'ldi Manchesterim? O'yiningni ko'rsam asab buziladi, Natijadan yurak qurg'ur eziladi, Fergussonning qadri yomon seziladi, Bugun senga nima bo'ldi Manchesterim? G'alabaga o'rgatganding sen azaldan, "Kuchsizlarga" yutqazmada galma-galdan, Qachon qutilar ekanmiz bu Van Galdan, Bugun senga nima bo'ldi Manchesterim? O'ylanaman uyqu kelmaydi tonggacha, Chidaymizda, chidadikku shu ongacha, Umidimiz De Xeadan qachongacha, Bugun senga nima bo'ldi Manchesterim? Van Gal ado qildi hamma- hammasini, Domlami u qarang qo'lda papkasini, Gleyzerlar tezroq bering pattasini, Bugun senga nima bo'ldi Manchesterim? Biroz qoldi murabbiy ham almashadi, Memfis Depay sal tuzukroq "aldashadi", Senga faqat chempionlik yarashadi, Buyog'iga olg'a endi Manchesterim. KLASS BOSING FANATDOSHLAR QOLGAN FANATDOSHLAR HAM O'QISIN BU SH'ERNI.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 14