Tanim ayrilsa ham ruh tortaverar
Garchi sizga ochiq bir so‘z demayman,
Kundan kunga dilda cho‘g‘ ortaverar
Har kun gumonlarda ming bor o‘laman,
Ammo ishq dilimda, ko‘ngil o‘lmaydi
Izlagandan aslo naf yo‘q, bilaman:
Sizdan yaxshisini topib bo‘lmaydi
Dillarni bog‘lagan taqdirning o‘zi,
Sizdan kechib axir borardim qayon
Anglolsak, bu tushlar - Allohning so‘zi
Bizni birgaligimiz tushimdan ayon.
Kaftimni ko‘k tomon cho‘zar bir tilak,
Qani, xijronlarga bera olsam chap
Men uchun dunyosiz, qadringiz bo‘lak
Siz-la yashamoqni o‘zi katta gap.
Salga olislasa yonar bu bag‘ir,
Bilmayman, bunchalar bog‘lanib qoldim?!
Qismatimni o‘ylab tan oldim axir,
Rostdan ham siz uchun zanjirman oltin...
Men sizni shunchaki sevmayman,
Tanim ayrilsa ham ruh tortaverar
Garchi sizga ochiq bir so‘z demayman,
Kundan kunga dilda cho‘g‘ ortaverar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев