Yiqilsam gar tortarlar o'zin, Bermas xatto bir og'iz so'zin, Bildirmaydi oshkora yuzin, Do'stlar menga do'stmikin asli? Omad kelsa menga kun sayin, Chox qazirmi ular atayin, Xayrondaman buni bilmayin, Do'stlar menga do'stmikin asli? Yaxshilikdan ko'pmi yomoni? Sezdirmaydi yomon tomonin, Meni qiynar ko'nglim gumoni, Do'stlar menga do'stmikin asli? Qiyin damda ustimdan kular, Sadoqatdan yiroqmi ular, Inson emas shaytonmi bular, Do'stlar menga do'stmikin asli? Do'st degandim chorlab uyimga, Oshno qilib ko'ngil kuyimga, Yetolmayman o'ylab o'yimga, Do'stlar menga do'stmikin asli? Ishim tushsa so'rashar arang, Kerak paytda qochishin qarang, Bu ne xol deb asablar tarang, Do'stlar menga do'stmikin a