Go'zallar sevish bilmaydi
Izhor qilsang ko'nglingda ne bor,
Dardlaringga sherik bo'lmaskan.
Ne sababdin buncha maftunkor,
Eh, go'zallar sevish bilmaskan.
Yo husniga oshiq o'zlari,
Yo nedandir ko'ngli to'lmaskan.
Ohu kabi boqib ko'zlari,
Eh,go'zallar sevish bilmaskan.
Yo yuragi qolganmi muzlab,
Ba'zan yoqdir,ba'zan urmaskan.
Xayollari nelarni izlab,
Eh,go'zallar sevish bilmaskan.
Ular berar oshiqqa hijron,
Ular terar gullar solmaskan.
Ammo nechuk bir bora,bir on,
Eh,go'zallar sevish bilmaskan.
Kuymang buncha ishqida yomon,
Oshiq ahli ishqdan o'lmaskan.
Lek sog'inchi qo'ymaydi omon,
Eh,go'zallar sevish bilmaskan.
Erkak kishi hayoti davomida 3 ayolni sevishi kerak (sevishi yetarli). Uni dunyoga keltirgan ayolni, u uchun dunyoga kelgan ayolni va undan dunyoga kelgan ayolni.