23 noyabrgacha )
UMUMIY TA’RIF. Bu
muchal sohiblari
o’zining yutuqlari va
xatolarini o’zi nazorat
qila oladi. O’z qadr-
qimmatini juda yaxshi
biladi, o’zi haqidagi
fikridan hech kim uni
qaytarolmaydi. Odatda,
chayon chaqsa o’limga
olib boradi. Shuning
uchun ushbu muchalda
tug’ilganlar ham garchi
tashqi ko’rinishidan
bosiq, sipo bo'lsalar-da,
xavfli odamlardir. Ular
nigohi o’tkirligi bilan
boshqalardan ajralib
turishadi. Shu bilan
birga bu muchal
sohiblari qo’rqmas va
jasur hamda sodiq do’st
hamdirlar.
"Chayon"ni hatto
dushmanlari ham
hurmat qilishadi. Chunki
u yuzingizga bor
haqiqatni aytadi.
Shuningdek, kimdir
unga yaxshilik qilsa
albatta, yaxshilik bilan
javob beradi. Ammo
"Chayon"ga yomonlik
qilib, azoblagan kishi
hech qachon uning
ta’qibidan qochib
qutilolmaydi.
"Chayon" qattiq iztirob
chekish, og’ir jismoniy
ish bajarishdan
sog’ligini yo’qotadi. U
kamdan-kam xastala-
nadi, ammo kasalligi
juda og’ir kechadi. U o’z
dardini shifokorlardan
ham ko’ra yaxshiroq
biladi. Uni tomog’i, beli,
yuragi, qon aylanish
sistemalari va oyog’i
bezovta qilib turadi. U
olovdan, har xil
portlashlardan,
radiatsiya nurlaridan
ehtiyot bo’lishi kerak.
"Chayon"lar qahramon
shaxslardir. Ular ojizlarni
himoya qilishadi,
oilasiga sodiq,
bolalariga
mehribondirlar. Bu
muchal sohiblari yo juda
pokdamon, sofdil, yo
o’taketgan shubhakor
bo’lishadi. Qadimdan
aytishlaricha, oilada
"Chayon" (muchalida)
tug’ilishidan bir yil oldin
yoki tug’ilgandan bir yil
keyin kimdir hayotdan
ko’z yumarmish.
Shuningdek, ushbu
muchalda tug’ilgan
kishining vafotidan bir
yil o’tib yoki u o’lmasdan
bir yil avval oilada
chaqaloq dunyoga
keladi.
ERKAKLAR. Muchal sohibi
juda hissiyotga boy.
Tashqi ko’rigashgadan
bosiq bo’lsa-da, jahli tez.
Agar uni sevib qolsangiz,
juda ko’p
qiyinchiliklarga bardosh
berishingiz kerak. U hech
qachon tuyg’ularini
ochiqdan-ochiq
namoyon qilmaydi. Sizni
ko’pchilik oldida izza
qilishi mumkin. Shunga
bosiqlik bilan
chidasangiz baxtga
erishasiz.
Bu muchal sohibini bir
ko’rgan odam hech
qachon unutmaydi.
"Chayon" kishilarning
xotirasida yo quvnoq va
dilkash yoki jahldor va
kamgap odam
qiyofasida saqlanib
qoladi.Uni hech qachon
engib bo’lmaydi.
"Chayon" go’zallik va
boylik shaydosi. U
hamisha sevib yashaydi.
O’zining mustaqilligini
qo’ldan bermaydi. Uning
qarorini hech kim —
ota-onasi ham,
qarindoshlari ham, eng
yaqin kishisi ham
o’zgartira olmaydi.
"Chayon" sir-sinoatlarga
qiziqadi, shuningdek siz
ham undan hech qanday
sir saqlay olmaysiz.
Turmush qurgandan
keyin ham uning avvalgi
fe’l-atvori o’zgarmaydi. U
sizni tish-tirnog’i bilan
tashqi hujumlar-dan
asraydi. Mabodo unga
o’zini yomon
tutayotgani haqida
e’tiroz bildirsangiz, u
sizga: "Men seni ushlab
turganim yo’q", deb
javob beradi.
Rashk masalasida juda
ehtiyot bo’lishingiz
kerak. Begona erkak
yonida hatto ko’zingaz
pirpirab ketsa ham
baloga qolasiz. "Chayon"
bolalarini mehnatsevar,
sofdil qilib tarbiya-laydi.
U o’zini hurmat
qiladigan ayolni jon-
dilidan sevadi.
AYOLLAR. Bu muchal
sohibasi go’zal, jozibali,
g’ururli va o’ziga
ishonadigan, irodasi
kuchli ayol. Ular
ozodalikni, tartibni
yoqtiradi.U sizni
maqtovlarga ko’mmaydi.
Chunki bu ayol siz bilan
tanishishdan avval ichki
hissiyotlaringizni
o’rganib chiqadi,
qo’rqoqlikni hech
qachon
kechirmaydi."Chayon"
birovlarning sirlariga
qiziqsa-da, o’zi borasida
oshkoralikni
yoqtirmaydi. U juda
rashchi, siz uchun har
narsaga tayyor. Lekin siz
o’z rashkingazni
ochiqdan-ochiq
namoyon etmang,
gapingiz havoga
ketmasligi uchun
dardingizni ichingizga
yuting.U baxtlidek
yashasa-da, "ichdan
pishgan", o’z qadrini
baland tutgan bu
ayolning ichki dardlari
sirliligicha qoladi.
"Chayon" sizdan ko’rgan
yaxshiligiyu yomonligini
ikki hissa qilib
qaytarmasa ko’ngli
tinchimasligi bilan ham
boshqalardan ajralib
turadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 15