Uyingizni topib bormasin xatlar, Yomg'irlar chertmasin derazangizni. Sizga hamrox bòlsin eng ulkan dardlar, Eng mayda dardlar ham örtasin sizni. Sizni böm-bösh xona ishga kuzatsin, Faqat stol suhbat qursin siz bilan. Tunda körpangizni zulmat bezasin, Olov bilan yashamang yashang muz bilan. Omadli yöllarni izini topmang, Omadsiz yöllarda yuring qoqilib. Meni sog'inguncha siz shunday yashang, MEN SHUNDAY YASHADIM SIZNI SOG'INIB!!!