O'lsam nima bo'larkin
Qiziqaman gohida
Balki paydo bo'larman
Kimlarningdir ohida
O'lsam nima bo'larkin
Yasharmikin xotiram
Men deb chindan yig'larmi
Jigarlarim jamu -jam
O'lsam nima bo'larkin
Ne bo'larkin she'rlarim
Dilda qolib ketarmi
Saqlab yurgan sirlarim
O'lsam nima bo'larkin
Qo'rqitadi xavotir
Qiynaladi sezarman
Ota Onam baribir
O'lsam nima bo'larkin
Kimdir yig'lab qucharmi
Quyosh tongdan qabrimga
Yana nurin socharmi
O'lsam nima bo'larkin
Ochilmasmi ko'zlarim
Mendan keyin meni ko'p.
Eslarmikin do'stlarim...
O'lsam nima bo'larkin..???