Qiz izlamoq bo'libsiz ona,
O'glingizga chin yor ilinib.
Boring sizni qilmas sarsona,
Qiz bor, hovli turar bilinib.
Ko'chasiga suvlar sepilgan,
Hovlisiga gullar ekilgan,
Darvoza kun botmay yopilgan,
Qiz bor hovli turar bilinib.
U hovlining didi boshqacha,
Rayhonlarning hidi boshqacha,
Chiroylidir gulu toshgacha,
Qiz bor hovli turar bilinib.
Go'zallarin qoshi kamonda,
Shirin joni bo'lsin omonda. Asht rayoni Sarvak tomonda,
Qiz bor hovli turar bilinib.