Har tong sani man tushda ko'rdim deb, Kerakmas his etmas kuylar kuylashing. Birgina so'rayman senda hamisha, Eslagin o'zinga bir boqqaningda. Kimnidur ko'ziga tikilganingda, Suratim namoyon bo'lsin ularda. Diqqating buzganda begona chiroy, Yuraging qattiqroq ursa birovdan. Jumbishga kelganda eting suhbattan, Iltimos bir bora eslagin meni. Kerakmas eslashing yonimda bo'lsang, Kerakmas o'zimga aytishing sevging. Yolvoray bir bora eslab tur meni, Birovlar yonida o'tirar bo'lsang. Yodga ol bir bora manim nigohim, Nursiz bir ko'zlarda ko'ringaningda. Dilim yetimlikdan o'ksigani ham, Kimnidur mehrida ovunganingda. Hamisa eslab tur kelganingda emas, San manda yiroqqa ketar bo'lganda. Qalbimda g'amimni eslgin bir bor, Kimnidir og'ushida quvonganingda. Kimnidur ovozi jaranglaganda, Qulog'inga qo'shiq bo'lib kelarmu. Navosi yoqimli bo'lsada uni, Meningdek nolasi unda bo'larmu. Zor qaqshab yig'lagan bemor ishqimni, Ko'ngli to'q zolimlar tushunarmidi. Mehringa zor tashna sahrolarimda, Bir bora oyog'in kuydirarmidi. Bo'g'izlab qo'ysaydim beburt ishqimni, Tilkalab tashlasam bemor sevgimni. Mendan ham qaysarroq chiqdi tuyg'uyim, Menga emas vafosi senga deydiya. Jimgina termulgan ko'zlarim asli, Yurak bo'g'zimda haypirganini. Churq etmas lablarim tishlanganini, Kimnidur o'pganda yodaga olsayding. Kerakmas qo'limga bergan sovg'ang ham, Qo'limdan tutganda issiq tafting ham. Birdonang bo'lmasam yurakkinangda, Joningni bersang ham kerakmas manga. Kerakmas shart emas so'ramayman ham, Talab ham qilmayman surishtirmayman. Kim bilan qayerda bo'lsang ham mayli, Birgina iltimos yodga ol mani. Kerak bo'lsa mayli taqqosla meni, Yuragim qalbim va mehrim taftimni. Ko'zlar tuzulishi emas nurni taqqosla, Quchoq ehtrosi emas mehrim taqqosla. Kerakmas sevganim zavqini berish, Kerakmas yonimga to'lib kelishing. Kimnidur visolini sog'inganigda, Birgina tilagim eslab qo'y mani. Qizg'onish rashk emas hudbinlikdanmi, Jimgina shukurdan alamli darmon. Kimgadur nigohing qadalganidan, Birgina eslashing olloxdan so'rayman. Eplay ololmayman talab qilishni, Yer bilan bir bo'lib jonga tegishni. O'zgalar bir chetda rom qilganida, Unutma meni bir bor eslab qo'yishni.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев