Shahar aholisining barchasi Istisqo (yomg’ir so’rash) namozini ado qilgani yig’ilishibdi. Namozga bir qariya yomg’ir soyaboni bilan tashrif buyuribdi. Buni ko’rgan odamlar uni ustidan kulib: “Nimaga yomg’ir soyaboni ko’tarib kelding, biz faqat yomg’ir so’rab duo qilgani keldik-ku ” deyishibdi. Shunda qaria ularga qarab shirin jilmaygan holda: “Agar sen biror narsani yuz berishini hohlasang unga avval o’zing qattiq ishonishing kerak, keyin harakat qilib unga ishongan holda Allohdan so’rashing to’gri bo’ladi, agar sen o’zing so’rayotgan narsa haqida shubhada bo’lsang, unda unga erishishing qiyin bo’ladi. Men Allohga ishonaman u bizni duoimizni qabul qiladi va bizga yomg’irni beradi, shu sababdan men yomg’ir soyaboni bilan tashrif buyurdim” debdi. Namoz tugabdi. Bir soat ichida yomg’ir tomchilay boshlabdi va qaria esa yomg’ir soyaboni bilan ortiga qaytib ketibdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 26