Ish tushsa gar boshiga chin do'stlari qochmasin.
Qochsalar chin do'stlari yana bag'rin ochmasin.
Do'stni do'st ekanligin ishing tushsa bilarsan.
Chin do'stlar yo'g'ingda do'st,yiqilgan chog'ingda do'st,
Bemor bo'lsang holingdan xabar olsa shunda do'st.
Do'stim yo'q deb kuyunma,izlama hech urinma.
Xudo bersa albatta bosgan qadamingda do'st.
Davlatingni borida,yurar gaping ma'qullab.
Yoningda xamroh bo'lar,xato qilishing poylab.
Gar qoqilsang yo'lingda kelmaydi bir bor yo'qlab.
Do'stni do'st ekanligin ishing tushsa bilarsan. Unday do'stlar shuhrating uzoqdan poylaydilar.
Sovg'a salomlar olib har kuni yo'qlaydilar.
Ishonma hech ularga,ular do'st bo'lmaydilar.
Do'stni do'st ekanligin ishing tushsa bilarsan.
Aslida bilsang agar yagona do'st alloh do'st.
Yana ota onang do'st,akang do'stdir,ukang do'st.
Opang,singling,chin yoring,sevgan farzandlaring do'st.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев