Gulga qunsa qanotlari botmaydi
Ojizlari birovga Tosh otmaydi
Bir kun yashab bir birini sotmaydi
KAPALAKLAR ODAMLARDAN MEHRIBON
Bir qarasang nakulbasi uyi yuq
Na tovushi na qushig'i kuyi yuq
Kapalakning kambag'ali boyi yuq
KAPALAKLAR ODAMLARDAN MEHRIBON
Oydin oqshom yodga tushding ey malak
Seni uylab buldi Yana qon yurak
Sevaman deb aldamaydi kapalak
KAPALAKLAR ODAMLARDAN MEHRIBON