Alloh ishingga xayr,fayz va baraka bermasa ming yugur,ming harakat qil,ming istedoding, ilming ,aqling bo'lsin bir tiyin ekan. Alloh barchamizning kasbu korimizga fayzu barakalar bersin ilohim.
Siz meni ojiz demang, Meni ALLOH qo'llaydi! Og'zimdan sachragan qon, Uzilgan oh qo'llaydi! Uzilay degan damlar, Yuz o'girsa odamlar, Bukmoqchi bo'lsa g'amlar, Kalomulloh qo'llaydi! Zo'rlar ursa boshimga, Zar kulsa ko'z yoshimga, Tushda kelib qoshimga, Rasululloh qo'llaydi! Tinmay cho'qisa zog'lar, Tomosha qilsa sog'lar, Olqishlasa gumrohlar, Ona tuproq qo'llaydi! Borlig'im,jonim olar, Bitmas ko'ksimda yaram. Yuzin bursada olam, Chotqoldek tog' qo'llaydi! Oyning yuzida-da dog', Yer qattiq,osmon yiroq, Kim ojiz-u,kim gumroh, Yolg'iz ALLOH qo'llaydi!