Duo qiling bolani
It , eshshak deb so'kishga
Xayo qiling bolani
Rasululloh derdilar
Yuzlaridan yog'ib nur
Bolalar bu jannatning
Gulu rayxonlaridir To'g'ri bazida gulu
Rayxonlarxam kuydirar
Sho'xligi oshib ketsa
Joninggizdan to'ydirar
Bobom derdi bolani
So'kmoq asli emas ep
Jaxlingiz chiqsa ayting
Nodon yoki xumpar deb boybo'lgur ko'paygur deng
Aslo demang o'l lanat
Shuni bilib qo'yingki
So'kinishxam bir san'at
Qaniydi payg'ambarday
So'ksangiz qilsam huzur
Ul zot derdilar so'ksa
Burning yerga ishqalgur
Tildan chiqqan xar so'zda
Marifat ziyo bo'lsin
Xatto so'kinishingiz xam
Yaxshi bir duo bo'lsin
Ixlos bilan qilingan
Xar niyyating ushalar
Xar so'zga ko'kda omiyn
Deb turar farishtalar
It desangiz it bo'lib
O'zingizni qopadi
Eshshakdan eshak xar kim
O'z tilidan topadi
Farzandingiz bilan el
Faxrlanib yashasin
Itu eshshak fe'llardan
Parvardigor asrasin
Olim, shoir , hunarmand
Polvon bo'lsin bolalar
Yurtga kerakli xalol
Inson bo'lsin bolalar
Bolangizni so'ksangiz
Podshox bo'lgur deb so'king
Olim bo'lgur xizrga
Oshno bo'lgur deb so'king
Og'izdan chiqqan xar so'z
Marhabo bilki kushod
Inson marifatini
O'lchaydigan darajot,,,,,,,👨👨👧👧
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2