Предыдущая публикация
Sabrli bandangga yog'sin rahmating.
Iymonim butun qil, yalindim senga,
Insofu sabr ber Allohim menga.
Qimirlagan jonki, rizqin bergansan,
Sabrli bo'l deya aylabsan nido,
Har bir ko'rsatmangga bu jonim fido,
Insofu, sabr ber Allohim menga.
Umr bog'larida sayr qilganda,
Hayot chashmasidan bahra olganda,
Judolik qa'rida tanho qolganda,
Insofu, sabr ber Allohim menga.
Nomard yo'ldosh bo'lib, qoldirsa dashtda,
Muhtojlik ko'rinsa ko'zdagi yoshda.
Qiynaliblar ketsam qahraton qishda,
Insofu, sabr ber Allohim menga.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 4