Yo‘q,Endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,Umringda quyoshday porlayveraman.Ming yillar qa’riga ketganingda ham,Men seni samoday chorlayveraman.Ismingni tonglarga yozaman mahtal,G’unchalar bargida uxlayveraman.Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,Men seni har lahza yo‘qlayveraman.Otashman,Dengizman,Samoman,Nurman,Jismu jahoningni o‘rayveraman,Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon -Men seni Xudodan so‘rayveraman.Men so'ngi tomchiman,Ohirgi najot!Faqat sen ichgin deb qistayveraman,Yo'llarimda qoldi ohirgi hayot!O'lsam ham ishqingni istayveraman.....
bu beshavqat dunyoda kimdir birovlarni konglini olish uchun, kimdir aldash uchun, yana kimdir yupatish uchun vadalar beradi, bazilar esa bergan vadasini umuman unutadi, vaqt tabib deyishadi, endi bu muhim emas, nimaiki qilinmasin bari yaxshilikga qilinadi, asosisi u yashasa baxtli bo'lsa bo'lgani . . . ! ! ! !