....Bir kam dunyodir but bo’lib qolmas
Kimgadir baxt kulib kimgadir kulmas
Goh shodlik gohi g’am hech kami to’lmas
Bir chimdim mehrni qizg’angan otam.
Gunohim bilmadim, bilmadim aybim
Bolalikdan tuydi armonni qalbim
Murg’akkina jonda Siz erur dardim
Ko’nglimga armonni to’ldirgan otam.
Ba’zilar farzandga zor-u intizor
Yig’lagim keladi ko’z yoshim bisyor
Sizni kechirmayman zinhor va zinhor
Mening ko’zlarimni yoshlatgan otam.
Lablarim titranib pichirlar “Yo Rab”
Ketdi-ku o’z o'g'lnin o’ksitib, xo’rlab
So’rayman o’zimga bardoshni tilab
Farzandim deyishni or bilgan otam.
Sizga yomonlikni tilamam also
Bir baxtimni ko’rib bo’lingiz ado
Gunohlar qolmaydi hech ham bejazo
O’zga bir