Xaq so'zni aytmoqdan qilmam andisha.
Qizi nogoh bo'lib qolsa fohisha.
Xammadan yashirib erkak yig'laydi.
Cheksiz xasratlarga qolganda botib.
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
Bolasin tobutin qolsa ko'tarib.
Yurakdan o'kirib erkak yig'laydi.
Xizmat qilolmasa tikib jonini.
Rozi qilolmasa otajonini.
Tuproqqa qo'yganda onajonini.
Uyalmay bo'kirib erkak yig'laydi.
Do'sti sotib ketsa og'ir kunida.
Dartkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi kelmasa ish maydonida.
Bir chetga o'tirib erkak yig'laydi.
Shaytonga do'st bo'lib ketsa bolasi.
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi.
Ajalin chaqirib erkak yig'laydi.
Xaromni tanlasa xalol turganda.
Navqiron yoshligi uvol bo'lganda.
Qirq do'sti bo'lmasa qirqga kirganda.
Chin dildan o'rtanib erkak yig'laydi.
Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin.
Xech masjit tomonga bormasa yo'lin.
Bir kuni tushunsa adashganligin.
Umriga achinib erkak yig'laydi.
Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni.
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir azobda qolganda joni.
Ko'ngliga suyanib erkak yig'laydi.
Maylaru sharobga bo'lsa u oshiq.
Jirkanch odatlarga yashasa sodiq.
Nom qozona olmasa ablaxdan ortiq.
Bir kuni og'rinib erkak yig'laydi.
Hech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir.
Og'zim oshga yetdi deganda asl.
Ajal sari kettdik desa azroil.
Ey vox deb baqirib erkak yig'laydi.
(to'g'ri tushinganlarga rahmat)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев