Dunyo tarozisi teng bo'lmas zinxor,
Kimdir boyvachchadir kimdir mardikor.
Bir sirni esda tut birodar do'st -yor,
Bir kunda gadodir Shaxning erkasi,
Yigitning baxti derlar ertasi!!!
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam yuragimda dosh qolmadi,
Qurib qolgan ko'zlarimda yosh qolmadi,
Ko'zingizni berib turing yig'lab olay.
Uzun uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko'z yosh bo'lib oqib ketsin,
Qalbimga bir qizg'aldoqlar boqib ketsin,
Ko'zingizni berib turing yig'lab olay.
Men shabnamman g'uborlarga qo'nolmayman,
Yo gul bo'lib tosh yurakda unolmayman,
Ko'nolmayman bu dardlarga ko'nolmayman,
Ko'zingizni berib turing yig'lab olay.
Quzg'unlarning qilig'idan zorim keldi,
Tog' qalbimga nafrat degan sorim keldi,
O'zim bo'lib yig'lolmayman orim keldi,
Keling sizning ko'zingizda yig'lab olay...