Tun chog'ida qilib ibodat,
Senga yig'lab duolar etdim.
Esga tushib asri saodat,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Jannatdagi Jamoling o'ylab,
Bosh sajdada yuragim tig'lab.
Joynomozning ustida yig'lab,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Garddanimda gunohim bisyor,
Lek qalbimda muhabbatim bor.
Ko'z yoshimda sog'inch isi bor,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Qalbim uchun izlablar malham,
Sen tomonga tashladim qadam.
Qalbimdasan emassa yiroq
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Foniyga hech qilmasman havas,
Meni sodiq qulim desang bas.
Abu Bakr yo Umarnimas,
Robbim seni sog'inib ketdim!
Ishqim sanga sangadur yo'lim,
Duodadur hamisha qo'lim.
Shuning uchun lazzatli o'lim,
Robbim seni sog'inib ketdim.!
Sinov