ADASHGAN QIZLARGA
Qo'limga oldimu yana qalamni
Qo'g'ozga yozarman cheksiz alamni
Alamim muzlatib qo'ydi tanamni
Nima yetishmaydi ayting sizlarga?
Bu savol ko'pgamas ayrim qizlarga!
Yeb keldingiz ota ona nonini
Nega bulg'ayabsiz qizlik nomini
Naxot unutildi hayot qonuni
Nima yetishmaydi ayting sizlarga?
Bu savol ko'pgamas ayrim qizlarga!
Unutmang akaning nomus orisiz
Ota-ona uchun yolg'iz borisiz
Olloxdan so'ragan oyqiz zorisiz
Nima yetishmaydi ayting sizlarga?
Bu savol ko'pgamas ayrim qizlarga!
Ayrimizga hatto qizlik nomi hayf
Uzr qo'pollashdim orzuyingiz kayf
Elyordan ranjimang men eting avf
Nima yetishmaydi ayting sizlarga?
Bu savol ko'pgamas ayrim qizlarga!