Kunlar oylar o'tib o'tganda yillar Bir birin unutsa yuraklar dillar Ertaga ko'milsa biz yurgan yo'llar O'shanda sen meni eslarmikansan Sevganim qayda deb izlarmikansan. Osmonda uchsa gar bir yorug' yulduz Qalbingni qiynasa g'am kecha kunduz Tor uyda bir o'zing qolganda yolg'iz O'shanda sen meni eslarmikansan Sevganim qayda deb izlarmikansan. Bolangga ertaklar aytayotganda Baxtiyor kunlaring eslayotganda Yuragin nimadir qiynayotganda O'shanda sen meni eslarmikansan Sevganim qayda deb izlarmikansan... Kimdir kelib senga tasalli bersa.. Oxir paymonasi to'libdi desa Eshitdingmi sevganing o'libdi desa O'shanda sen meni eslarmikansan Sevgilim nega deb yig'larmikansan...