Kuldirib turib yig'latar taqdir. Ko'klarga ko'tarib qulatar taqdir. Dardlaring to'lib yig'laganingda. Qaytadan o'zi yupatar taqdir . Umiding uzib sen yig'layverma. Sinab turib gul otar taqdir. Duch kelgan zarbaga sen tig'layverma. Sabr toqatni xam o'rgatar taqdir.
O, ota makonim.
Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga