Предыдущая публикация
O'zingga, bag'ringga bekinib olsam.
Izg'ib topolmasa daydi hayollar,
Faqat sening uchun bor bo'lib qolsam.
O'g'irlab ketsayding butun umrga
Ko'ngling, ko'zlaringga cho'kib ketsaydim.
Tosh qilib otsalar yuraging ichra,
Abadiy baxt bo'lib botib ketsaydim.
O'g'irlab ketsayding, qora tunlarning
Ko'ksini ezg'ilab yanchib o'tardim.
Sevgini sotmagan, ishqni sotmagan,
Subhi sabolarga borib yetardim.
O'g'irlab ketsayding mangulik qadar,
Sira qaytolmasam hijronlaringga.
Sensiz tor kelmoqda haqning yo'llari,
O'g'irlab ishontir yolg'onlaringga!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев