Qanchalar og‘ir kechar ichimdagi dard, Qanchalar mayus kuzatar bir qara. Qanchalar baxtli edik sen bilan, Yuz burib ketding, aytgin kimlar bilan. Meni o‘ylamading ham, yolg‘izginam, Gullarday shabnam, ko‘zlarimda nam. Qilar ekan alam, qaytmasligim bilib Muzlaydi tanam, ezaverar g‘am. Aybim seni yaqin bilganim, Aybim jondan aziz suyganim. Aybim hamon kecha olmaganim, Aybim bilaman. Aybim umrim xazon bo‘lgani, Aybim yillar bejiz ketgani. Aybing soxta bo‘lib ketganing, Aybing, bu seni aybing..