Bugun yana o'tmishimiz kechgan joylarga keldim. Negadir bu yerlar sovuq va befayz balki sizning yo'qligiz uchundir yoki menda endi go'zallikni his qiladigan yurak yo'qligi uchundir anglolmadim!
Kimni dili vayron, kimlar shikasta,
Kimlar sevib qolgan yuragi hasta,
Kel zimdan razm sol sen ham birodar,
Ajab udumlar bor odnoklassda!
Statusga yozilar hikmatli so'zlar,
Lichkada maktubga nigoron ko'zlar
Yetolmay oshiqlar telbaday bo'zlar
Ajab udumlar bor odnoklassda!
Kimlar klass to'plab qiladi huzur,
Kim Romeo, kimdir malika Budur,
Ta'bi noziklardan so'rayman uzur
Ajab udumlar bor odnoklassda!
Qo'li ishga bormas yigit bechora
Ma'shuqasin izlar yuragi pora
Telefondan ko'z uzmas kirar deb zora...
Ajab udumlar bor odnoklassda!
Qizning ham hushi yo'q
odnodan ortmay,
Bo'salar yuborar sira tap tortmay,
Birodar ketmagil klassni bosmay,
Ajab udumlar bor odnoklassda!
Asir qil