Qonlar to'kib qon yutgandim
Ne azobda unutgandim
Aytgin nega qaytib kelding
Gul umrimni g'ashlab ketib
Ko'zlarimni yoshlab ketib
Osongina tashlab ketib
Aytgin nega qaytib kelding.
Ko'z yosh bilan ovungandim
Bardosh qilib og'ringandim
Qayda eding sog'inganda
Aytgin nega qaytib kelding
Tuyg'ularim o'yin qilib
Yetishmoqni qiyin bilib
Ketgan eding ko'ksim tilib
Aytgin nega qaytib kelding
Tushlarimda ko'rganimda
Qil ustida yurganimda
Qayda eding og'ir kunda
Aytgin nega qaytib kelding
Tinglamading afsus shu payt
Yolvorgandim ketmagin qayt
Biron aybim bormidi ayt
Aytgin nega qaytib kelding
Mag'rur boshing egibsanda
Sog'indim deb kelibsanda
Qadrimni kech bilibsanda
Aytgin nega qaytib kelding ...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3