Ko'nglimdagi ajib sokinlik Bir lahzada yo'qoldi qoldi Hayolimni parishon aylab Ne uchundir tinchim yo'qoldi Ko'ngil , meni abgor aylama G'am g'ussaga solma iltimos Sen izlagan yorug' yulduzing Ko'nglim samosidan joy oldi. Bu ne dardki ko'nglim gavhari Bo'lmoq istar uzuginga ko'z Ovozingni sehri yurakka Ajib iliq harorat soldi Sen borsanki hayot betakror Qishin yozu dilimda bahor Ko'zlaringni nurli shu'lasi Yuragimdan asta joy oldi. Baxtli taqdir mening boshimda Nafis, go'zal tuyg'uni solib Yuragimdan otilgan bu dard Shu sherimda joylanib qoldi.