Предыдущая публикация
Ko'zlaringga boqib aylandim toshga.
Tinmay olqishlashdi, chalishdi qarsak,
Chiranib to'kilgan soxta ko'z yoshga.
Sen yaxshi o'ynading oshiq rolini,
Bugun farishta deb qarashdi senga.
Asli kimligingni bilmaydi ular,
Soxta tabassumlar yarashdi senga.
Sen yaxshi o'ynading oshiq rolini,
Bugun yig'lashingga kulib qaradim.
Bugun begonaman, bugun hech kimman,
Bugun tomoshabin bo'lib qaradim.
Sen yaxshi o'ynading oshiq rolini,
Yana muhabbatga solindi raxna.
Sevgi xotimasi, ishqning o'limi,
Bu so'nggi ko'rinish, bu so'nggi sahna.
Sen yaxshi o'ynading, sen zo'r o'ynading,
Mana muhabbatim tovoningda bos.
Qarasam, hayosiz sevgi sahnangda,
Men ham kichkina bir epizod xolos.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев