NEWS:Ronaldu "Oltin Butsa"ni 6-noyabrda oladi
"Real Madrid" futbolchisi Krishtianu Ronaldu 6-noyabr kuni mavsum to'purariga beriladigan "Oltin Butsa"ni oladi. Ushbu sovrin uning faoliyatidagi uchinchi "Oltin Butsa" hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsum "Barselona" hujumchisi Luis Suarez bilan birgalikda 31 ta to'p kiritib ushbu sovrinni birgalikda olishdi. Urugvaylik hujumchi 15-oktyabr kuni sovrinni qo'lga kiritdi. Ronaldu to'rtinchi "Oltin Butsa" uchun ham harakatni boshlab yubordi. Hujumchi 9 turdan so'ng 16 ta to'p kiritgan va Estoniya chempionatida harakat qilayotgan Rossiyalik hujumchi Yevgeniy Kabayevdan 1 ballga ortda qolmoqda. Kabayev hisobida 33 ta gol bor.