Olis ufqlarda oqarmoqda tong,Ko`ngil yorishmaydi, ko`ngil qorong`u.So`nggi umid uchun chalinganda bong,Qamraganda qalbni eng shirin tuyg`u,Yolg`iz qolganimda qorayib yuzim,Tashlab ketyapsanmi sen ham, yolg`izim?Sadoqat ko`rmagan asli bu yurak,Yurak yolg`izlikning yagona quli.Bo`lganida oliy tuyg`ular ermak,So`lganida oliy orzular guli,To`lganida duv-duv yoshlarga ko`zim,Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?Men-ku har narsaga chidamas bir jon,Kim uchun shubhali totguvchi nonim.Ulkan davralarda har lahza, har onG`iybat o`rtasida turganda nomim,O`lchanib qolganda har bosgan izim, .Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim?