Mo'da shu deb kiyganlari
Tor shim kalta yupkalar
Ko'rib ko'zim kuyganlari
Ochiq kindik yelkalar
Zamonamning qizlari bu
Zamonaviy ayollar
Ro'moli yo'q boshlarida
Qanday o'y-u xayollar
Yuzlariga surib upa
Bo'yab qosh va ko'zlarni
Yer tepib o'ynashin ko'rdim
Qancha, qancha qizlarni
Tuni bilan telefonda gaplashadi
uxlamay
Uylanaman senga degan tanishlari
bir talay
Telefonda eshitgani o'ldim, kuydim
Ox-voxxlar
Joonim degan o'sha joni aslida
Nima xoxlar
Yana do'q-do'q dag'dag'a-yu
Bexayo so'kinishlar
Kundan kunga telefonda
Ortib borar tanishlar
Bunday yuzsiz bezbet qizga
Ko'ngling qanday ochasan
Turmush qursang osh o'rniga
Zaxar zaqqum ichasan
Shunday bo'lsa lanatlama
Oilangni hayotni
Yor izlama izla avval
Oriyatni, uyatni
Har bir qizda nomus bo'lsin
Bo'lsin xayo, ibosi
Tor shim kalta yupka emas
Uzun bo'lsin libosi
✍️... AlisherBek


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев