Bir kun boshim aylanib,
Ketib qoldim hushimdan.
Tursam onam zorlanib,
Bosar edi boshimdan.
Doktor keldi uyimga,
Betobligim aytishdi,
Shoshlinchtez tibbiyda,
Meni olib ketishdi.
Yarim tun... Asta yurib,
Doktor kirdi honamga.
Meni behush yotgan deb,
Gap boshladi onamga.
Uch yil muhlat degandik,
Mana uch yil o'tibdi.
Farzandingiz umri ham,
Poyoniga yetibdi.
3-4 kunlik umri bor,
Yurak urib turibdi.
Ming afsuski onajon,
"Jigarlari" quribdi.
Onam ketdi hushidan,
Ko'tarolmay bu gamni.
Dushmanim ham ko'rmasin,
Bunday ayanchli damni.
Ertasiga hol so'rab,
Qarindoshlar kelishdi.
Hammasida bitta gap.
"Sen yahshisan" deyishdi.
Kelsa hamki yiglagim,
Ular uchun kulardim.
To'ht