Yog'ar yomg'ir yog'ar sokin, Bu yomgirmas ko'ngil yoshlarim, Yodga tushar o'tgan kunlarim. Ilk tuyg'ular o'tli muhabbat, Yomg'ir sharros quygan kunlarda, Tor ko'chada qizirdi suhbat, Tushgan chog'i ko'zim ko'ziga Kulgu ila egardim boshim, Mening uchun har bir so'zida Yashar edi sevgim quyoshim, Termulaman sokin osmonga Suzib yurar bulutlar qat-qat Yuragimga sig'mas o'zgasi Ishon seni sevgandim faqat Eh bu go'zal ardoqli sevgi Arosatga tashladi ketdi Umr bo'yi sevaman derdi Unutganiga 3 oydan o'tdi Mayli yomg'ir yog'aver tinmay Men kutaman qancha bo'lsa ham Kuttirmasdan kelginda sen ham...
Iymoni but hamda hayoli Qarashlari doim iboli Uy ro'zg'orda turar hayoli O'ZBEGIMNING GO'ZAL AYOLI Sarishtadir har qilgan ishi Ro'zg'ordan yo'q o'zga tashvishi Bu dunyoda eng ulug' kishi O'ZBEGIMNING GO'ZAL AYOLI... Barcha munis onajonlarimizni va go'zal qizlarimizni yaqinlashib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman
O'tar umr o'tmoqda armonlarga adashib
Tun botib tong otmoqda nimanidir talashib,
Kelar goho omadim ammo baxtdan darak yo'q
Ko'zim to'la achchiq yosh to'kilgisi kelmaydi
Zor ko'nglimda yo'q bardosh egilgisi kelmaydi
Oxlarimga osmon zor faryodimda falak yo'q
Asli ko'rgan kunlarim oyga aytgim kelar ko'p
Armon bo'lgan tushlarim soyga aytgim kelar ko'p
Yurak to'la hasratim tinglaguvchi yurak yo'q....
Qora bulut osmonni qoplab Yomg'ir yog'ib jala quyganda Yigit va qiz yomg'irdan qochib Tol tagiga zo'rg'a yetganda Qiz aytadi kech qoldim juda Yomg'ir muncha avji olmasa Yigit aytar oshiqlik shuda Menga desa yomg'ir tinmasa