Ranjimang men o'sha yig'loq'i yana,
Ozgina yig'ladim ko'b emas ona,
Goh kulib,goh o'ksib yuribman mana...
Sog'indim onajon...yomon sog'indim!
Kerakmas bo'larkan sizsiz dunyo ham,
Oshimga sherikdur ko'ksimdagi g'am,
Dunyo bir kam emas,endi men bir kam...
Sog'indim Onajon...yomon sog'indim!
Faq'at orzular etim o'zimdek,
Sizga nima q'ildim q'obil farzanddek,
Yuragim oq'moq'da ikki ko'zimdek...
Sog'indim Onajon...yomon sog'indim. UTKIRBEK KENJAEVICH