Mexr topdim bir insondan ko'nglim cho'kkan kunlari dardlarimni baxam ko'rdim gox kunduz gox tunlari shirin so'zin eshitganda ko'nglim to'lib ovundim har kungidan bugun uni juda yomon soGINDIM
Sevgi sochni silashlar emas,
Telefonda so'zlashlar emas,
Sensirashu sizlashlar emas,
Kechirasiz, sevgi bundaymas!
Suykalishib suyishlar emas,
Onash, begim deyishlar emas,
Faqat rashkda kuyishlar emas,
Kechirasiz, sevgi bundaymas!
Qo'l ushlashib yurishlar emas,
Dahanaki urushlar emas,
Har kun izhor qilishlar emas,
Kechirasiz, sevgi bundaymas!
Yolg'on ishqni ishq deya tanlab,
Shu ishqqa ishonib, yor saylab,
Umrbod yashamang attanglab,
Kechirasiz, sevgi bundaymas!
Ishqdan emas ishqsizlardan ko'nglim qoldi,
Dil sevmagan dilsizlardan ko'nglim qoldi,
Tuyg'ularim yig'latgan ul yuraksizlar,
Yuragi yo'q xissizlardan ko'nglim qoldi...