Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
- Choy damla! -, derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol: «Bor choy damla!», «Ovqating tayyormi?!», deyaverasiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o'xshab gaplashib o'tiramiz?! -, debdi...
Ertasiga ishdan kelib xotiniga:
- Jonim, Sahobalar qissalardan o'qiganmisan?-, debdi.
- Yo'q.
- Senga kimning qiroati yoqadi, Abdulbositnikimi yoki Minshaviynikimi?!
- Kim ular?
- Muhammad paygambarimizning hadislaridan birortasini yodlaganmisan?
- Yo'q, yodlamaganman.
- «O'tgan kunlar»ni o'qiganmisan?!
- Yo'q.
- Tur, choy damla!