Bir boshimga son mingta sinov,Yuragimda shubha-yu so`rov,Holing ne deb so`ramas birov,Qiynalaman ojizligimdan.Dardni bergan davo ham berar,Balki bir kun baxtim ham kular,O`lsam menga ayt kim kuyunar?,Tun yig`laydi ma`yusligimdan.Yomon tushlar ta`biri ne`dir,Menga hayot kitobin keltir,Yashash og`ir, yuragim og`rir,Jim yig`layman holsizligimdan.Dilimda dard qoziqday go`yo,G`am daraxti o`siqday go`yo,To`rt tomonim to`siqday go`yo,Nur izlayman nursizligimdan.Tan olaman gunohlarim ko`p,Agar o`lsam meni kechir xo`p,Yuragimda hasrtim to`p-to`p,Sendan juda olisligimdan.Ko`zlaringga qarayolmayman,Gulbag`rimda asrayolmayman,Senga dardim ayta olmayman,Borolmayman yuzsizligimdan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев