O‘kinch to‘la qalbda ro‘yolar, isyon.
Yurgan yo‘llar yuragimga kelsa tor,
Agar tuyg‘ularim bo‘lsa shu, jahon,
Hislarimni ko‘zlaringga ko‘mib qo‘y.
Chaman-chaman bog‘lar bir kun so‘ladi,
Ne tog‘lar uqalanib kul bo‘ladi,
Inson sevib, nafrat qilib o‘tadi,
Hislarimni ko‘zlaringga ko‘mib qo‘y.
Oqar suvlar aytmadimi,
Uchgan qushlar aytmadimi,
Kechib yurak sezmadimi –
Yoningdaman, yoningdaman!
Ko‘zlarga parda osdilar,
Meni sendan ayirdilar,
Sen esa hali sezmading –
Yoningdaman, yoningdaman!
Agar so‘rsang, qismatimdan roziman,
Cheksiz sevgining dardini chekaman.
Asl sevgi dardin bilmoq istasang,
Hislarimni ko‘zlaringga ko‘mib qo‘y.