Onangizni qo'llarini o’pib qo’ying,
O’sha qo’llar tebratganku beshigingiz.
Bolam kelsa kutmasin-deb onaizor,
Ostonada poylab turgan eshigingiz.
Sizning sarmast xayolingiz ketgan balkim,
Chaman aro ochilgan bir go’zal gulga.
Mehringizni berdingizmi, tongga qadar,
Yo’lingizni poylab chiqqan munis dilga.
Bu g'animat kunlar esa o’taverar,
Ostonada mangu qolmas sarg'ayib dil.
Boshingizni silagan bu qo’llar uchun,
Imkon topib uzating siz, bir dona gul!
Kechalari kelmaydi uyqu.
Chexrasini yoritmas kulgu.
Uzoq uzoq suradi xayol. Yolg'izlikdan qiynalar ayol.
G'iybatlardan chiqmaydi boshi.
Yuqmay qolar yeydigan oshi.
Otib to'ymas malomat toshi.
Yomonlardan charchadi ayol.
Ushoq topsa bolamga deydi.
Ko'zim nuri jolamga deydi.
Uning g'amin ayting kim yeydi.
Bir mexrga zor bo'lgan ayol.
Dunyolarga sig'may qoladi.
Xayol surib o'yga toladi.
O'z juftini izlab qoladi.
Yostig'ining yarmi bo'sh ayol.
Qirqqa kirmay oqardi sochi.
Ko'zlarida g'am alam yoshi.
Metindanmi yoki bardoshi.
Xammasiga chidaydi ayol.
Ro'zg'or yukin ortib yelkaga.
Chiqar katta karvon yo'liga.
Qirqta tuya tortolmay turgan.
Yukni yolg'iz tortadi ayol