Har bir so'zlarimdan topasan sehr.
Boshingdan silasin, aytib ming shukr.
Onamning qizi bo'l munis ayolim.
Kelinlik qilmagin qizidek bo'lgin.
Qaynona bilmagin, onam deb bilgin.
Ey qalbim malagi shu so'zim ilgin.
Onamning qizi bo'l munis ayolim.
Mayli mendan ortiq onamni sevgin.
Chaqirsa labbay deb yugurib borgin.
Onamdir meni senga ishonib bergan.
Onamning qizi bo'l munis ayolim.
Ista, bog'bon bo'lay ko'ngil bog'ingga.
Har onda intilay keng quchog'ingga.
Sendan bir o'tinchim il qulog'ingga.
Onamning qizi bo'l munis ayolim.
Manziling topguncha yugurib-yelgan.
Shu uyga keltirib tarbiya qilgan.
Onam ham seni o'z qizidek bilgan.
Onamning qizi bo'l munis ayolim.
Uyimiz jannati shu aziz inson.
Qadriga yetaylik bir umr giryon.
Yashaymiz hammamiz bo'lib farovon.
Onamning qizi bo'l munis ayolim.
Onalar oyog'i ostida jannat.
Onadir mo'tabar eng aziz xilqat.
Sendan bir tilagim shu erur faqat.
Onamning qizi bo'l aziz ayolim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев