.Ishyoqmas talabalar nomidan: (Sessiyani eslatma!) Kel, yaxshilikdan gapir, Qora kularga qaytma, Yuragim ezma axir, Sessiyani eslatma! Yildan uzun kunlarim, Pul izlagan tunlarim, Bechora cho’ntaklarim, Sessiyani eslatma! Eh domlajon, domlajon, Bir bora bering imkon, Bahoni qo’yib bering, Kiydiray, sarpo chopon! Talabalik davrini, Derdilar oltin davr, Domlajon sizni kutib, Zallarda o’tdi umr. Ey diplmjon, diplomjon, Diydoringa yetolmay, Ketdi qancha oltinlar, Kursdan kursga o’tolmay. Talaba bir tosh ekan, Domla ekan tegirmon, Ota onang sog’ bo’lsa, Yaxshi o’tar imtixon. Hech kim bermas tiyin qarz, Qoldirganman mingta dars, Yaxshi gapdan gapir bas, Sessiyani eslatma! Shu yil kursdan o’