" Azon aytib yig`lar Bilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha! Tong ottirding qanday,
hilolim, Rasululloh yig`lagan kecha?! Eng mukammal azal
qoida Rayhon isi turar poyida, Qanday turar osmon joyida
Rasululloh yig`lagan kecha?! Anga hamroh haqiqiy erlar,
Ta`zim aylar eng vahshiy sherlar Yulduzlar ham to`kilay
derlar Rasululloh yig`lagan kecha! Kulganida oq dur
sochilgan Gulharirdan bir nur sochilgan, Ammo qalblar
beun ochilgan Rasululloh yig`lagan kecha! Kiyik bilan
bo`ri do`stlashmish, Osmon ila zamin yuzlashmish, Etim
ko`ngli g`amgin bo`zlamish Rasululloh yig`lagan kecha!
Ey jamiki hilqat, tinglangiz, Bir haqiqat mavjud, bilsangiz,
Kulmang, ahir bo`lmas kulsangiz Rasululloh yig`lagan
kecha! Kulgisiga oftob ham shaydo, Shafoat, deb yig`lar
Xuvaydo, Oy yuzida dog` bo`lmish paydo Rasululloh
yig`lagan kecha! Umar yerga yotmish yuztuban, Usmon
tikar o`ziga kafan, Aliy quchib yig`lar daf`atan Rasululloh
yig`lagan kecha! Kulgichdan nur ufurgan sayin,
Zavjalarning so`zlari mayin. Xafsa, Oisha ahvoli tayin
Rasululloh yig`lagan kecha! So`zim tugar, sen ham
insonsan Yo`ling egri, ne hol-nodonsan?! Ey gunohkor
rashid nechun. shodonsan Rasululloh yig`lagan kecha?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 6