Ichim tolib aytdimda gapning xonasin
Bunchalar mort bolar odam bolasi
Eng vahshi inson ham dod faryod qilib
Yeglarkan xayotdan otsa onasi
Mehrni narxi yoq dostlarning soni
Minnatli bolarkan ozganing noni
Lekin ota onangga kelmaskan maloli
Bu dunyoda jannatim Jannatda bolsin joni
Otalar bor dunynoda
Qadrin bilmas bolasin
Ota bolib tinglamas
Farzandining nolasin
Siz ishongan togimiz
Avaylagan lolasin
Farzand bolib man sizni
Duo qildim otajon
Omon saqla deb xaqga
Nido qildim otajon
Sen so’lib, men yashnab, to’lishimga boq.
Sensiz topganimdan ko’proq yo’qotdim,
Sen meni yupatding, seni yig’latdim,
Sen meni yaratding, seni tugatdim,
Uyalmay ona deb kelishimga boq.
Sog’inch haqda she’rlar yozdim o’zimcha,
Mendan peshonangda dog’lar tizimcha.
O’g’ling bo’lmay o’lay, attang, ming attang,
Qiz tug’sang netardi, ko’proq qiz tug’sang?
Tirgak bo’lolmadim bitta qizingcha,
Uyalmay shoirman deyishimga boq.
Joningdan aylanay, turgil jonajon,
Yo’l qarab bo’ldimi jigarginang qon?
Boqma ko’zlarimga bemajol, hasta,
Mening topganlarim gulmi bir dasta?
Yo’qotganim senmi endi, onajon?
O’z etimni o’zim yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni bir alam elar,
Buyursang qo’limdan kelmaydi nelar,
Ayt,