Onamga sher yozsam, yozolmayapman, Ko'z yoshim yozuvni yuvib ketyapdi. Musofir do'stlar men bilolmayapman, Bugun kim onasini sog'inmayapdi..! Shu pulning ishqida dunyo kezyapmiz, Ba'zida yig'lab, ba'zan kulyapmiz. Bir mushtipar bizni uyda kutyapdi, Ayting kim onasini sog'inmayapdi..! Har kun ishdan qaytganiz mahal, Yoki uyg'onsanggiz erta tong sahar. Kim sizni onanggizday kutib olyapdi, Kim bugun onasini sog'inmayapdi..! Ko'z oldimdan ketmas mayus yuzlari, Mehrdan yonadi onam ko'zlari. Bizni kutib bedor tuni o'tyapdi, Shundek onani kim sog'inmayapdi..! Men bugun onamni yomon so'indim, Sog'inchdan ko'z yoshim daryo bo'lyapdi. O'zimcha yig'ladim biroz yozildim, Ayting kim onasini sog'inmayapdi