_____DeyarLi uni har Kun EsLiman... Tun cHo'kib, boshim yostiq bn diydorLasHdi deGuncHa... hayollarim U tomonGa yuguraDi..! ________Yana o'sHa QadrDon XotiRaLar ko'zDa yosH biLan...
Shirin-shirin hayolni buzib.
Chalinadi so'nggi qo'ng'iroq.
Yodga tushar yurakni ezib.
Ona maktab ochgani quchoq.
Armon bo'ldi ko'ngil yoshlarim.
Hayir endi sinfdoshlarim.
Ustozlardan saboqlar oldik.
Gohi darsga kechga ham qoldik.
Mana bugun o'sha xonada.
Diydorlashib o'ylarga toldik.
Armon bo'ldi ko'ngil yoshlarim.
Hayir endi sinfdoshlarim.
Qanday sehring bor ekan maktab.
Bizga mehring yor ekan maktab.
Dilga orzu to'lib toshganda.
Dunyo sendan tor ekan maktab.
Armon bo'ldi ko'ngil yoshlarim.
Hayir endi sinfdoshlarim.
Armonimsan qadirdon kunlar.
Darmonimsan beorom tunlar.
Olov bo'lib kuydirar hamon.
Yoshlikdagi dartli uchqunlar.
Armon bo'ldi ko'ngil yoshlarim
Quvonchlarim cheksiz, biroq, ayriliqdir og'irroq
Yuraklarga larza solar, har on so'nggi qo'ng'iroq...
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq....
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!
Vatan mehri ulgaytirdi, oq yo'l bering bizlarga,
Ta'zim ila rahmat deymiz, jon ustozlar sizlarga..
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq....
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!