Sog'inmay
qo'ydingmi meni
yolg'izim,
Endi tushlaringga kirmay
qo'ydimmi.
Ko'zimda porlagan so'nmas
yulduzim,
Men hijronda yonmoq uchun
suydimmi.
Bilaman olissan, mendek ilojsiz,
Yolg'izlik seni ham qiynaydi balki.
Men senga Ollohdan bahtlarni tilab,
Yo'lingda intizor tirikman toki.
Ishqning saroyida sarson asira,
Dardim ko'tarolmay yig'laydi
qalam.
Ishonmay taqdirga burdim yuzimni,
Chunki ko'zlaringda azobim
nolam.
Iltijo qilaman yana she'rimga,
Izhorim yetkaz deb qalbiga uni.
Niyatim doimo yodingda bo'lsa,
Tanho sen o'zingsan umrim
mazmuni.
So'z beraman butun umr
kutmoqqa,
Yetsa edi faqat bardoshu sabrim.
Agar o'tar bo'lsam dunyodan sensiz,
Sog'inchlarim unib bez