Aldaysan meni sevmayman deb,
Yuragimda senga joy yo'q deb,
Aldama hammasi tamom deb,
Qinama sensiz yashayman deb.
Qora ko'zim so'ngi so'zim ketaylik yur zulmatlardan,
So'ngi so'zim qora ko'zim asragin meni bu dartlardan.
Ko'zlarida yolg'on meni aldadi bir sanam,
Alamlardan yozdim sherlar qo'llarimda qalam,
Yuragimga og'riq berar bitmagan bir yaram,
SANAM, SANAM, SANAM.
Muhabbatdan kuydi yurak go'yo zulmat honam,
Sensizlikka ko'nikolmas jonsiz bu bir tanam,
Oh bunchalar qiyin bolsa ayriliqli alam,
ALAM, ALAM, ALAM.
Dunyoda g'am tashvish
kelganda ustun,
Hayot berganini qayta olarkan.
Hech kimim yo'q deya
yig'lasang bexun,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Sen deya o'zini o'tlarga urib,
Tirilsang tirilib senla o'larkan.
Senga termulgancha xayollar surib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Nochor kunlaringda yeyishga non yo'q,
Hatto ayoling ham yuzin
burarkan.
O'ylama u zotning nafsdan ko'zi to'q,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
G'am kelsa qo'sha kelgani kabi,
Bog'ingda ungan guling
so'larkan.
Shu gulni qaytadan undirib berib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.