Men yaqin deb talasharlar, Etti yot boy ustida. Davlat bilan ozoda pok, Yotsa xam loy ustida. Qo'li bo'shni kutar mezbon, Nayzasi yoy ustida. Oz qadrini bilmaganni qadirsiz qoy ustida.
Farzand ila go'zal xayoting,
Aqilli bo'lgay zurriyoding.
Bir joylarga etganda yoshing,
O'g'il qizing ozori ortiq.
Ollox bo'lgay avvalo yoring,
Buzulmagay xech xam oroming.
Dard topsa gar bu shirin joning,
Xar bir tongning otari ortiq.
Mushkul axvolga solma boshni,
Obdon oylab qil xar yumushni.
Ming qayg'u bitirmas bir ishni,
Pushaymonu ox zori ortiq.